So’nggi yangiliklar

10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0

22 dek 09:35
Yangiliklar

Og'ir atletika, Olimpiya o'yinlari

Ruslan Nurudinov Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida ishtirok etadimi? Bunga uning o'zi javob berdi

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ruslan Nurudinov bir necha kun oldin Bahraynda bo'lib o'tgan jahon chempionatida 3 yil avval o'zi o'rnatgan jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioniga aylangan edi.

MOQ matbuot xizmati sportchi bilan kichik suhbat uyushtirdi.

"Professional sport bilan shug'ullanganlar yaxshi biladiki, bu yoshda yuqori sport formaga qaytish juda murakkab. Ustozlarim bilan tinmay mehnat qildik va xudoga shukur yana o'z vaznimda eng kuchli sportchiga aylandim. Orada kichik ko'ngilsizlik ham bo'ldi. Biroq yaqinlarimning qo'llab-quvvatlashi bilan barchasi engib o'tildi".

– Sportchi erishish mumkin bo'lgan barcha natijalaringiz bor. Sizni sportda nima ushlab turibdi?

"Aytganingizdek, kollekciyamda barcha musobaqalarning oltin medallari bor. Bazilarida rekordlar ham o'rnatganman. O'zim o'rnatgan rekordlarni yangilash ichimdagi olovni yoqib, katta motivaciya beradi".

– Bazi sabablar bilan Tokio va Parijdagi Olimpiadalarni o'tkazib yubordingiz. Bu juda katta psixologik qulashga olib kelishi mumkin. Siz o'zingizni ruhan qanday tikladingiz?

"Ochig'i, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarining saralashidan keyin biroz tushkunlik bo'ldi. Nazariy jihatdan bu yilgi Olimpiadada qatnashish imkoniyatim bor edi. Biroq buning uchun -102 kg vazn toifasiga qaytishim talab etilardi. Bu vaznga tushishim uchun ko'p vazn tashlashim kerak edi. Harakat qilib ko'rdim, ammo salomatligim bilan bog'liq muammolar paydo bo'lgani uchun tavakkal qilmadik. Bu ham bir sinov va bundan faqat mehnat orqali muvaffaqiyatli o'ta oldim".

– Los-Anjeles-2028 ga ham tayyorgarlik ko'rasizmi? Ungacha shunday formada etib borishingiz uchun nimalar kerak?

"Albatta, harakat qilib ko'raman. Buning uchun sportga ilmiy jihatdan ko'proq yondashish kerak. Zamonaviy sportda muvaffaqiyatning asosiy kaliti ilm-fan hisoblanadi. Metodika va tibbiyotni uyg'unlashtirib, to'g'ri tayyorgarlik qilishimiz lozim. SHunda muhtaram Prezidentimiz oldimizga qo'ygan Los-Anjeles Olimpiadasida kuchli o'ntalikdan joy olish vazifasini uddalashimiz osonlashadi", dedi Nurudinov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing