So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

24 may 09:14
Yangiliklar

SHaxmat

Rustam Qosimjonov asosiy raqiblaridan birini mag'lub etdi

Poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi davom etmoqda.

Kecha kunning ikkinchi yarmida musobaqaning uchinchi  tur uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Rustam Qosimjonov ushbu turda muhim g'alabalaridan birini qo'lga kiritdi. 17-jahon chempioni oq donalarda qozog'istonlik xalqaro grossmeyster Pyotr Kostenkoni taslim etdi va ochkolarini 2,5taga etkazib oldi. 

Qozog'istonlik yana bir xalqaro grossmeyster Rinat Jumaboev ketma-ket uchinchi g'alabasiga erishdi va turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. Jumaboev o'zi singari mag'lubiyatsiz odimlayotgan vatandoshi Murtaz Kajgaleevdan ustun keldi. 

Hamyurtlarimiz Tohir Vohidov va Nodirbek Yoqubboev bahsida durang qayd etildi. Yosh xalqaro grossmeysterimiz Jahongir Vohidov qora donalarda o'ynashiga qaramay, tojikistonlik Muhammad Xusanxo'jaevni engdi. Tajribali grossmeysterimiz Marat Jumaev Elbek Jumanovga yutqazib qo'ydi. Yana bir yosh grossmeyterimiz Javohir Sindarov qora donalarda afg'onistonlik Safi Ahmadni mag'lubiyatga uchratdi. 

Bugun 4-turda Rustam Qosimjonov qora donalarda Nodirbek Yoqubboev bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Peshqadam Rinat Jumaboev hamyurtimiz Ortiq Nig'matovga qarshi qorada donalarda harakat qiladi. Yosh grossmeysterlarimiz Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov o'rtasidagi partiya ham ko'pchilikning diqqat etiborida bo'ladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing