29 may 16:57
Yangiliklar

Rustam Qosimjonov Jahon kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Hozirgina musobaqaning so'nggi to'qqizinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Rustam Qosimjonov ushbu turda oq donalarda qozog'istonlik Murtaz Kajgaleev bilan durangga imzo chekdi. Yana bir partiyada qozog'istonlik ikki grossmeyster - Rinat Jumaboev va Pyotr Kostenko to'qnash keldi. Bu uchrashuvda ham durang natija qayd etildi.
SHu tariqa, 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov hamda Rinat Jumaboev 6,5 tadan ochko jamg'arib, Jahon kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Qo'shimcha koeficentlarga ko'ra Jumaboev saralash turniri g'olibiga aylandi. Reglamentga ko'ra, erkaklar o'rtasidagi turnirda dastlabki ikki o'rin egasiga yo'llanma taqdim etilardi.
Malumot uchun, Jahon kubogi shu yilning 9 sentyabr - 2 oktyabr kunlari oralig'ida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar