So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

14 iyu 11:31
Yangiliklar

SHaxmat

Rustam Qosimjonov jahon tojini kiyganiga 16 yil bo'ldi

Roppa-rosa 16 yil muqaddam o'zbek o'g'loni dunyo shaxmat tojini qo'lga kiritgan edi

2004 yil 13 iyul. Bu sana o'zbek sporti tarixiga zarhal harflar bilan bitildi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi, ushbu sanada o'zbek o'g'loni, shaxmat bo'yicha xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov Liviyaning Tripoli shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Rustam Qosimjonov 1979 yil 5 dekabrda Toshkent shahrida dunyoga keldi. Yoshligidan shaxmatga mehr qo'ydi va 5 yoshidan shaxmat bilan jiddiy shug'ullana boshladi. 15 yoshida esa o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi. 1997 yilga kelib, yani 18 yoshida xalqaro grossmeysterlik talabini bajaradi. Oradan bir yil o'tib kattalar o'rtasida ham qitada tengsiz ekanligini isbotlaydi. SHu tariqa u dunyo shaxmat olamida o'z o'rnini topib boradi.

2004 yilgi shaxmat bo'yicha jahon chempionatiga Liviya davlati mezbonlik qiladi. Bu paytda Rustam FIDE reytingida 54-o'rinni egallab turgandi. Siyosiy sabablarga ko'ra mazkur chempionatda bir qator etakchi shaxmatchilar ishtirok etishdan bosh tortadi. Bu esa o'sha vaqtda rosa kuchga to'lgan Qosimjonov uchun ayni muddao edi. Qolaversa, bazi grossmeysterlarni inobatga olmaganda Liviyaga ham dunyo shaxmatining aksariyat peshqadamlari jam bo'lishgan edi.

Jahon chempionatida Rustam avvaliga ukrainalik Vasiliy Ivanchuk, so'ngra Vengriya vakili Zoltan Almashi, rossiyalik nomdor shaxmatchi Aleksandr Grishuk, o'sha paytda jahon reytingida TOR-10dan joy olgan bolgariyalik Veselin Topalovlarni mag'lub etadi. Final bahsida unga angliyalik Maykl Adams ro'baro' keladi. Unda avvaliga tomonlar 3-3 hisobida murosaga kelishadi, qo'shimcha vaqtda esa omad hamyurtimizga kulib boqadi – 1,5:0,5. SHunday qilib u shaxmat tarixida jahon chempionligini qo'lga kiritgan dunyodagi 17-shaxmatchiga aylandi.

Rustam Qosimjonovning o'sha vaqtdagi g'alabasi mamlakatimizda o'ziga xos shodiyonaga aylanib ketdi. Eng muhimi, bu olamshumul muvaffaqiyat yurtimizda shaxmat sportiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirib yubordi. Buning samarasi o'laroq yurtimizdan yangidan-yangi shaxmat istedodlari etishib chiqdi. O'zbekistonlik birinchi ayol grossmeyster Nafisa Mo'minova, o'smirlar o'rtasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov, eng yosh grossmeysterlardan biri Javohir Sindorov, uning ukasi Islombek Sindorov, ko'plab xalqaro turnirlar g'olibi Nodirbek Yoqubboev, ... Bu ro'yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Asosiysi, Rustamning o'sha 16 yil muqaddam qo'lga kiritgan tarixiy g'alabasidan ilhomlangan o'zbek shaxmat maktabi bugun dunyoda o'z o'rnini topib ulgurdi.

Rustam Qosimjonov esa jahon chempionatidagi g'alabasidan keyin hukumatimizning yuksak mukofoti – Amir Temur ordeni bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing