23 may 15:17
Yangiliklar
Rustam Qosimjonov yosh shaxmatchimizni yuta olmadi
Bugun musobaqa doirasida ikkita tur uchrashuvlari o'tkazilishi haqida xabar bergan edik. Bundan bir necha daqiqa avval uchinchi tur partiyalari yakunlandi. Musobaqada birinchi raqam ostida saralangan Rustam Qosimjonov kutilmagan natija qayd etdi.
17-jahon chempioni oq donalarda o'ynashiga qaramay, yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matovni mag'lub eta olmadi. Uchrashuvda durang natija qayd etildi. Ikkala shaxmatchi ham uchinchi tur oldidan 1,5 tadan ochkoga ega bo'lib turishibdi.
Qosimjonovning ochko yo'qotishidan qozog'istonlik xalqaro grossmeysterlar - Rinat Jumaboev, Pyotr Kostenko va Murtaz Kajgaleev unumli foydalanib qoldi. Ularning bari raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, ochkolarini ikkitaga etkazib olishdi.
Jumaboev yana bir xalqaro grossmeysterimiz Jahongir Vohidovni, Kajgaleev afg'onistonlik Safi Ahmadni, Kostenko esa yurtdoshi Anuar Ismagambetovni taslim etdi. Ayni daqiqalarda 3-partiya o'ynalmoqda. Qosimjonov oq donalarda Pyotr Kostenkoga qarshi bahs olib boryapti.
Fikrlar