So’nggi yangiliklar

21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0

12 fev 16:25
Yangiliklar

Rustam SHoabdurahmonov doping va o'zbek sportchilari haqida gapirdi

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida XXXVI Bosh Assambleyasi o'z yakuniga etgach, MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov barcha federaciya rahbariyati bilan kengaytirilgan yig'ilish o'tkazdi. Uchrashuv ayni paytda butun dunyo sportida asosiy mavzulardan biri bo'lgan anti-doping masalasiga qaratildi.

Unda MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, barcha sport federaciyasilari rahbariyati va OAV xodimlari ham ishtirok etishdi. 

Ayni paytda doping bilan bog'liq masala butun jahon sportida asosiy mavzulardan biri bo'lib turibdi. SHu o'rinda Xalqaro anti-doping agentligi (WADA) taqiqlagan preparatlardan saqlanishga etiboringizni qaratishingizni so'rab qolaman. Bu borada muhtaram Prezidentimiz o'tgan yilning 4 sentyabr kuni o'tkazgan videoselektor yig'ilishida ham alohida ogohlantirib o'tgan edilar. Hozirda og'ir atletika federaciyasi birinchi bo'lib ichki chempionatida doping tahlillarini olish bo'yicha tashabbus bilan chiqdi va biz buni qo'llab-quvvatladik. WADA taqiqlagan dori vositalarini sportchilarimizga berib, qo'pol qilib aytganda, mamlakatimizning imidjiga putur etkazmanglar”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Yig'ilish davomida, shuningdek, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va O'zbekiston Milliy antidoping agentligi (O'zMADA) bilan ishlash, atletlarga berilayotgan farmakologik vositalarning tarkibini doimo nazorat qilib borish masalalariga alohida urg'u berib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing