13 iyu 10:40
Yangiliklar
Tennis

Sabina Fersmold turnirida irodali g'alabaga erishdi
Germaniyaning Fersmold shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etyapti.
Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollardan iborat ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning birinchi raketkasi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilyapti.
SHaripova ilk davrada
germaniyalik Katerina Gerlaxga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 41 daqiqa davom
etgan bahsda Sabina 3:6, 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi. Bugun SHaripova ikkinchi
davrada yaponiyalik Misa Eguchiga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar