12 fev 16:06
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova 1/2 final chiptasini qo'lga kiritdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
"W15 Shymkent" musobaqasida tennischimiz Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennis malikasi CHimkent turnirining ham birinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda.
Biroz avval yurtdoshimiz yakkalik bahslarining chorak final uchrashuvini yakunladi. Yarim final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda SHaripova turnirning ettinchi raketkasi, qozog'istonlik Jibek Kulambaevani 4/6, 6/1, 6/1 hisoblarida taslim etdi.
Malumot uchun, Sabina SHaripova WTA reytingida 377, Kulambaeva esa 630-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar