11 jan 09:11
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Australian Open turnirida kortga chiqdi
Melburn shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bahslari boshlandi.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi saralashning ilk davrasida rossiyalik Evgeniya Rodinaga qarshi kortga chiqdi. Rodina saralashning ikkinchi raqamli tennischi hisoblanadi.
Bungacha tennischilar o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgandi.
2017 yilning 7 noyabr kuni bo'lib o'tgan o'yinda tennischimiz raqibiga 1:2 hisobida
yutqazib qo'ygandi. Bir soatu 19 daqiqa davom etgan bu safargi uchrashuvda ham
Rodina 6:3, 6:4 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida
bugungi kunda 176-o'rinni egallab turibdi. Evgeniya Rodina esa 114-pog'onadan joy
olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar