18 iyu 09:00
Yangiliklar
Tennis
Sabina SHaripova bu hafta Sakramentodagi turnirda
Istedodli tennischimiz Sabina SHaripova bu hafta AQSHning Sakramento shahrida o'tkazilayotgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 50 ming dollardan iborat bo'lgan turnirning yakkalik bahslarida ettinchi raqam ostida tasniflangan. Ayni paytda saralash bahslari davom etayotgani bois, asosiy to'rga qura tashlanmagan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Sabina SHaripova Stokton shahridagi musobaqada ishtirok etgan va kutilmaganda birinchi davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar