19 iyu 11:35
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Farg'ona turniri vice-chempioni!
Farg'ona shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan nufuzli turnir yakunlandi.
Musobaqaning yakkalik bahslari hal qiluvchi final uchrashuvida turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilgan tennischimiz Sabina SHaripova rossiyalik Polina Monovaga qarshi kortga chiqdi.
Uch set davom etgan uchrashuvda rossiyalik raketka ustasi 6:3, 0:6, 6:4 hisobida g'alaba qozonib, bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Sabina esa tutnir vice-chempioniga aylandi. Monova saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma olgani etiborga molik holat.
Eslatib o'tamiz, Sabina SHaripova Farg'ona turnirida finalga qadar hindistonlik Prerna Bxambri, rossiyalik tennischilar Anna Morgina, Natela Jalimidze va Kseniya Likinalarni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar