18 iyu 12:35
Yangiliklar

Sabina SHaripova finalda!
Musobaqada ikkinchi raqam ostida harakat qilayotgan tennischimiz Sabina
SHaripova turnirdagi dastlabki o'yinlarda hindistonlik Prerna Bxambri va
rossiyalik Anna Morginalarni mag'lub etib, chorak finalga etib kelgandi. CHorak finalda esa u rossiyalik boshqa bir tennischi Natela Jalimidzega qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:3 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga yo'l olgandi.
Hozirgina yakuniga etgan yarim final bahsida Sabina turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Kseniya Likinadan ustun keldi. Aniqrog'i, birinchi setni 2:6 hisobida boy bergan Likina ikkinchi setning to'rtinchi geymidan so'ng kurashni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu vaqtga kelib SHaripova 3:1 hisobida oldinda borayotgandi.
Hamyurtimizning bosh mukofot uchun uchrashuvdagi raqibasi yana bir rus tennischisi Polina Monova bo'ladi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Polina yarim finalda qozog'istonlik Go'zal Aynitdinovani 6:3, 6:4 hisobida taslim etdi.
Fikrlar