24 iyu 13:21
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova "Fyuchers" finalida o'ynaydi
Tennischimiz Sabina SHaripova Farg'onadagi turnirda finalga yo'l oldi.
Turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Sabina SHaripova yarim finalda ukrainalik Valeriya Straxovaga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 15 daqiqa davom etgan bahsda Sabina 4:6, 6:2, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.
U bosh sovrin uchun ertaga Nigina Abduraimovani mag'lubiyatga uchratgan rossiyalik tennischi Elena Ribakinaga qarshi bahs yuritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar