29 iyu 08:45
Yangiliklar
Tennis
Sabina SHaripova Leksingtonda chorak finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Sabina SHaripova AQSHning Leksington shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 50 ming dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz yakkalikning ikkinchi davra uchrashuvida amerikalik tennischi Francheska Di Lorenconi 2:6, 7:6(3), 6:1 hisobida mag'lub etdi. Uning chorak finaldagi raqibasi gollandiyalik mashhur tennischi Mikaela Kraychek bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, SHaripova ilk bosqichda amerikalik Jenifer Eliega qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:4 hisobida zafar quchgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar