24 avg 07:58
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova US Open turnirida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova AQSH Ochiq chempionati saralash bahslari doirasida uchrashuv o'tkazdi.
Hamyurtimizning o'z ishtirokini saralash bosqichidan boshlashi haqida xabar bergan edik. Sabina birinchi davrada Janubiy Koreya vakilasi CHan Su Jonga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 54 daqiqa davom etgan bahsda SHaripova raqibasiga 6:4, 4:6, 0:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida 158, CHan Su esa 142-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar