17 iyu 15:16
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova yarim finalga chiqdi
Xabaringiz bor, Farg'onada tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada ikkinchi raqam ostida harakat qilayotgan tennischimiz Sabina SHaripova turnirdagi dastlabki o'yinlarda hindistonlik Prerna Bxambri va rossiyalik Anna Morginalarni mag'lub etib chorak finalga etib borgandi.
CHorak finalda u rossiyalik boshqa bir tennischi Natela Jalimidzega qarshi kortga chiqdi.
Turnirning beshinchi raketkasi Natelaga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda Sabina SHaripova 6:2, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.
U yarim finalda Xiaodi YU va Kseniya Likina bahsi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar