19 iyu 10:25
Yangiliklar
Tennis
Sabina SHaripovaning Sakramentodagi ilk raqibasi malum
Bugun istedodli tennischimiz Sabina SHaripova AQSHning Sakramento shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 50 ming dollardan iborat turnirning
yakkalik bahslarida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan. Bugun SHaripova ilk
davrada avstraliyalik Storm Sandersga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Sabina SHaripova Stokton shahridagi
musobaqada ishtirok etgan va kutilmaganda birinchi davradayoq mag'lubiyat alamini
totib ko'rgan edi.
Havola :
Fikrlar