30 jan 08:05
Yangiliklar
Tennis

Sabina St. Petersburg Ladies Trophy turnirining asosiy to'riga chiqa olmadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan nufuzli turnirning saralash bahslarida ishtirok etdi.
St. Petersburg Ladies Trophy turnirining sovrin jamg'armasi 710,900 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz ushbu musobaqadagi ishtirokini saralash bahslaridan boshladi.
Sabina ilk davrada Patriciya Mariya Tigni mag'lubiyatga uchratgandi. Lekin SHaripova asosiy to'rga chiqish imkoniyatini beruvchi uchrashuvda rossiyalik Anastasiya Kamardinaga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida 147, Patriciya Mariya 107, 19 yoshli Kamardina esa 201-pog'onadan joy olgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar