15 dek 16:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Qilichbozlik			    
				
				
			
				Sablyachi qizlarimiz Jahon kubogi bosqichida shohsupaga ko'tarilishdi, yigitlar esa medalsiz qolishdi
Germaniyaning Dormagen shahrida yigitlar, Vengriyaning Budapesht shahrida esa qizlar o'rtasida qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha U20 yosh toifasidagi Jahon kubogi bosqichi bo'lib o'tmoqda. 
			Yakkalik yo'nalishida kechgan bellashuvlarda Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o'yinlari g'olibasi Guslitan Perdibaeva kumush medalga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz finalda xitoylik Sueyi Raoga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi o'rin bilan cheklandi.
Afsuski, yigitlarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. Bugun atletlarimiz jamoaviy yo'nalishda bahs olib borishadi.



            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar