29 may 07:25
Yangiliklar
Engil atletika
Safina Sadullaeva Tokio-2020 Olimpiada normativini bajardi
Poytaxtimizda start olgan engil atletika bo'yicha O'zbekiston chempionatining birinchi kungi bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Hamyurtimiz Safina Sadullaeva balandlikka sakrash yo'nalishida Tokio-2020 normativini bajarishga muvaffaq bo'ldi.
Ushbu yo'nalishda ayollar toifasining normativi 1.96 metrni tashkil etar edi. Safina Sadullaeva bugun tajriba bobida o'zidan ustunroq bo'lgan Svetlana Radzivil, Nadiya Dusanova kabi jamoadoshlaridan ustun keldi va musobaqa g'olibligi qatori Olimpiada yo'llanmasini deyarli naqd qildi.
O'zbekiston ochiq chempionati. Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Safina Sadullaeva (O'zbekiston) – 1.96 metr
2. Nadiya Dusanova (O'zbekiston) – 1.87
3. Svetlana Radzivil (O'zbekiston) – 1.87
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar