01 dek 10:30
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/6267_220.jpg)
Saidalo Doxadagi ishtirokini chorak final ostonasida yakunladi
Istedodli tennischimiz Saidalo Saidkarimov Qatar poytaxti Doxa shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan musobaqani saralash bahslaridan boshlab, asosiy to'rga yo'llanma olgandi.
U asosiyning ilk bosqichida norvegiyalik Tomas Lingeni 6:0, 7:6(6) hisobida mag'lub etgandi. Lekin u ikkinchi davrada turnirning ikkinchi raketkasi avstriyalik Sebastyan Offnerga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar