30 noy 08:05
Yangiliklar
Tennis

Saidalo Doxadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Saidalo Saidkarimov Qatar poytaxti Doxa shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan musobaqani saralash bahslaridan boshlab, asosiy to'rga yo'llanma olgandi.
Uning asosiy to'r bahslari ilk bosqichidagi raqibi norvegiyalik Tomas Linge bo'ldi. Uchrashuvda tennischimiz raqibini 6:0, 7:6(6) hisobida mag'lub etdi.
Uning ikkinchi davradagi raqibi turnirning ikkinchi raketkasi avstriyalik Sebastyan Offner bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar