11 dek 07:51
Yangiliklar
Tennis

Saidalo Doxadagi turnirda asosiy to'rga chiqa olmadi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning saralash bahslari davom etmoqda.
“Qatar Fyuchers 5” nomli musobaqada o'zbekistonlik ikki tennischi ham ishtirok etyapti. Ulardan Saidalo Saidkarimov saralashning ikkinchi davrasidan bahslarga qo'shildi.
Afsuski, u ilk uchrashuvidayoq mag'lubiyat alamini totib
ko'rishga majbur bo'ldi. Hamyurtimiz italiyalik Andrea Guerrieriga qarshi kortga
chiqib, 53 daqiqa davom etgan bahsda 1:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar