12 dek 14:55
Yangiliklar
Tennis

Saidalo Qatardagi turnirning asosiy to'riga chiqdi
Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumidagi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham ishtirok etyapti. Tennischimiz saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma oldi.
Saralash bahslarining ettinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz ikkinchi bosqichdan ishtirokini boshladi. U bu davrada ruminiyalik Aleksandru Tuduracheni 6:0, 6:4 hisobida engdi.
Endi u ertaga o'tkaziladigan asosiy davraning birinchi davra uchrashuvida yana bir saralash bahslari g'olibi BAAlik Abdulrahmon Alavadxiga qarshi kortga chiqadi. 19 yoshli Saidalo juftlik bellashuvlarida qatnashmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar