14 dek 08:40
Yangiliklar
Tennis

Saidalo Qatardagi turnirning asosiy to'rini ham muvaffaqiyatli boshladi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumidagi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham ishtirok etyapti. Tennischimiz saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma olgandi.
19 yoshli Saidalo asosiy davraning birinchi davra uchrashuvida ham zafar quchdi. U o'zi kabi yana bir saralash bahslari g'olibi amirlik Abdulrahmon Alavadxini 6:3, 6: hisobida mag'lub etdi.
Endi Saidkarimov ikkinchi bosqichda turnirning ettinchi raketkasi, franciyalik Jyoffrey Blankanyuksga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar