So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

06 avg 08:52
Yangiliklar

SHaxmat

Saint Louis Rapid & Blitz 2026. Sindarov blic turnirida 9 ta uchrashuv o'tkazdi. Bugun chempion aniqlanadi

AQSHning Sent-Luis shahrida mukofot jamg'armasi 200 000 dollarni tashkil etuvchi, jahonning ko'zga ko'ringan 10 grossmeysteri ishtirokidagi Grand Chess Tour seriyasining navbatdagi bosqichida blic bahslari boshlandi.

Ushbu nufuzli turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli dona surmoqda. Musobaqaning to'rtinchi kuni blic, yani tezkor shaxmat bahslariga start berildi. SHaxmatchilar blicning birinchi kuni 9 ta tur uchrashuvlarida o'zaro hisob-kitob qilishdi. 

Javohir Sindarov birinchi va yagona mag'lubiyatini niderlandiyalik Yorden van Forestdan qabul qilib oldi. Qolgan partiyalarda hamyurtimiz durang va g'alaba qayd etdi. Levon Aronyan, Anish Giri, Vinsent Keymer, Rameshbabu Praggnanandha va Uesli So bilan kechgan partiyalarda durang natija qayd etildi. Fabiano Karuana, Evonder Liang va Lener Dominges Javohir tomonidan mag'lub etildi. 

Bugun blicda qolgan 9 ta partiya o'ynaladi hamda rapid va blic yo'nalishlarida to'plangan ochkolar umumlashuvida g'olib aniqlanadi. Hozircha turnir jadvalida Rameshbabu Praggnanandha 18 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog'onadagi Javohir Sindarov hisobida 16,5 ochko bor. Amerikalik Uesli So 15 ochko bilan sof uchinchi o'rinni band etgan. Amerikalik Levon Aronyan 14,5 ochko bilan to'rtinchi pog'onadan joy olgan. Bugun Javohir aynan Aronyanga qarshi oq donalardagi o'yin bilan blic bahslarini davom ettiradi. Ikkinchi kungi blic bahslari ham bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. 

(Blic musobaqasining birinchi kungi natijalaridan keyingi turnir jadvali)

Ishtirokchilarning to'liq tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuano, Levon Aronyan, Uesli So, Lener Dominges, Avonder Liang (barchasi AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Anish Giri, Yorden van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston). 

Rapid va blic musobaqasining umumiy jadvali

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing