05 sen 13:56
Yangiliklar
Futbol
Saloh APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin
"Liverpul" rahbariyati forvard Muhammad Salohni tarkibda olib qolishni istamoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, klub 29 yoshli futbolchi uchun 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. SHu orqali futbolchining haftalik maoshi 500 ming funt bo'ladi. SHunday bo'lgan taqdirda u APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Ayni damda u haftasiga 200 ming funt maosh olmoqda.
Ushbu mavsumda Saloh APLda 3 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.
Havola :
Fikrlar