18 fev 13:57
Yangiliklar
Xokkey
Salohiddin Azimov yana SHveciyaga qaytmoqda
16 yoshli o'zbekistonlik istedodli xokkeychi 2025/26 yilgi mavsumni SHveciyaning "Sollentuna" klubida o'tkazishi rejalashtirilgan edi.
Biroq, hujjatlardagi kechikishlar tufayli to'liq shartnoma imzolash amalga oshmadi va xokkeychi bu orada Latviyaga ko'chib o'tdi.
"Prizma Riga"da o'ynab yurganida Azimov AQSHning bir nechta xokkey akademiyalaridan rasmiy taklif oldi, ammo uning viza arizalari bir necha bor rad etildi.
Aprel oyida Gonkongda bo'lib o'tadigan III B Jahon chempionatidan so'ng, hujumchi yana SHveciyaning "Sollentuna" akademiyasiga qo'shiladigan bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar