18 may 10:21
Yangiliklar
Tennis

Samarqand “CHellenjer”. Karimov va Fayziev chorak finalda!
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Samarqand shahrida “CHellenjer” turkumiga kiruvchi tennis turniri bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning juftlik bahslarida chorak finalchilar nomi malum bo'ldi. Ushbu bosqichga uch nafar o'zbekistonlik tennischilar etib kelishdi. Rossiyalik Mixail Elgin bilan tandem hosil qilgan Denis Istominning chorak finalga yo'l olgani haqida xabar bergan edik.
Kecha Jo'rabek Karimov va Sanjar Fayzievdan iborat tennischilarimiz juftligi ham nimchorak final uchrashuvida zafar quchdi. Ular yana ikki tennischimiz - Farrux Do'stov va SHonig'mat SHofayziev hamkorligidan 57 daqiqa davom etgan uchrashuv yakunida 6:4, 6:1 hisobida ustun kelishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar