01 iyu 08:25
Yangiliklar
Samarqandda ommaviy yurish marafoni o'tkazildi FOTOGALEREYA
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 5 ta tashabbus loyihasi ijrosi hamda 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan ommaviy yurish marafonida 31 ming nafardan ortiq ishtirokchi Samarqand shahridagi Samarqand viloyat musiqali drama teatri oldidagi maydondan Bo'stonsaroy, Mirzo Ulug'bek ko'chalari orqali “Dinamo” stadionigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tishdi.
Mazkur akciyaning etiborli tomoni shundaki, marofon doirasida 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan xayriya qutilari tashkil etilib, unda yig'ilgan mablag' viloyatdagi bemor va nogironligi bo'lgan bolalarni davolashga sarflanadi.
Tadbir doirasi ishtirokchilar “Dinamo” stadionidagi ommaviy badantarbiya mashqlarini bajarishdi. SHuningdek, respublika va viloyatning taniqli sanatkorlari ishtirokida koncert dasturi bo'lib bo'tdi.
Fikrlar