16 may 15:04
Yangiliklar
Triatlon
Samarqandda triatlon va para triatlon bo'yicha Jahon kubogi boshlanmoqda
Ertadan Samarqand shahri yana bir nufuzli musobaqani o'zida qabul qila boshlaydi.
17-19 may kunlari boqiy Samarqandda triatlon va para-triatlon bo'yicha Jahon kubogi bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Musobaqa dasturiga ko'ra, bellashuvlar 18-19 may kunlari tashkil etiladi. Qayd etish joiz, musobaqada Parij-2024 Olimpiadasi licenziyalari uchun muhim bo'lgan reyting ochkolari o'ynaladi.
Samarqanddagi Jahon kubogida dunyoning 52 ta davlatidan jami 270 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi sharafini 20 nafar triatlonchi himoya qiladi.
Bugun nufuzli voqelik oldidan Samarqand shahrida Sport vaziri Adham Ikromov va boshqa mutasaddilar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar