So’nggi yangiliklar

23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

25 iyu 16:06
Yangiliklar

Futbol

Samarqandlik sportchilar oilasi

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi, ayniqsa yosh avlod o'rtasida ommalashtirish va keng targ'ib qilish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Sport bilan muntazam shug'ullanish otadan farzandlari va nabiralariga o'tayotgani, mamlakatimizda ko'plab sportchilar oilalarining vujudga kelishida muhim omil bo'layotgani etiborga molik. Bu borada samarqandlik Hakimovlar oilasini etirof etish mumkin.

Sportga qiziqish uni Samarqand jismoniy tarbiya texnikumiga etakladi. Bu maskanda tahsil olish barobarida Salom Hakimov sportning gimnastika turi bilan muntazam shug'ullandi. Texnikumni imtiyozli diplom bilan tamomlagach, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga o'qishga kirdi. Ko'plab musobaqalarda qatnashib, mahoratini oshirdi. 

1981 yili S.Hakimov ish faoliyatini Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida o'qituvchilikdan boshladi. So'ngra katta o'qituvchi lavozimida ishladi. 

1994 yili Salom akani o'zi talim olgan texnikumga ishga taklif qilishdi. Bu erda katta o'qituvchi, gimnastika va uni o'qitish kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat qildi. Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun ko'plab malakali mutaxassislarni tayyorlashga munosib hissa qo'shdi.

Hakimovlar oilasini sportchilar oilasi deyish mumkin. Qizi umumtalim maktabida boshlang'ich sinflarga dars beradi. Uchta  o'g'li SamDUning jismoniy madaniyat fakultetini tamomlagan. Katta o'g'li  Rustam sport maktabida futbol bo'yicha murabbiy, o'rtanchasi  Akmal Samarqand viloyati o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan BO'SMda murabbiy, kenjasi Abror Samarqand shahridagi 51-umumtalim maktabida jismoniy tarbiya fanidan dars berib kelayotir. 

Nabiralari ham bobosining izidan borib, sport turlari bilan shug'ullanishni boshlashgan.

Salom Hakimov o'qituvchilik bilan birga Respublika “Sport” gazetasining Samarqand viloyati muxbiri sifatida faoliyat yuritganini alohida takidlash joiz. Gazetada  jismoniy tarbiya va sportga oid viloyat yangiliklari, xabarlar va tahliliy maqolalari   muntazam ravishda chop etilmoqda. Bundan tashqari viloyatda chiqadigan ”Zarafshon”,  “Ovozi Samarqand”, “Samarqand” gazetalarida ham ko'plab maqolalari bilan mushtariylar etiborini tortgan.

S.Hakimov 2020 yilning yanvar oyidan Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialining “Jismoniy tarbiya metodikasi” kafedrasi o'qituvchisi lavozimida ishlab kelayapti. Tinglovchilarga chuqur bilim berishga harakat qilib kelayotir. O'quv qo'llanma, uslubiy qo'llanma va ko'plab ilmiy-uslubiy maqolalar chiqardi. Faolligi va samarali mehnati etiborga olinib, S.Hakimov  2020 yili O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. 

Salom akani 63 yoshga to'lgani hamda 27 iyun – matubot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan muborakbod etamiz va mashaqqatli, lekin sharafli kasbida zafarlar tilab qolamiz.


Malumot uchun:
Salom Karimovich Hakimov 1958 yil 25 iyunda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug'ilgan.
 


U.Qosimov
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Samarqand filiali “Sport fanlari” kafedrasi docenti

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing