So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

27 fev 14:24
Yangiliklar

Futbol

Samvel Babayan endi O'zbekistonning hech qaysi terma jamoasida ishlamaydi

Teglar :  Babayan
O'zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayanning Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubida ish boshlashi yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi quyidagilarni malum qiladi.

Samvel Babayan O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kirita olmaganidan so'ng istefoga chiqarilgandi. Keyinroq tashkilot Samvel Babayanning bosh jamoadagi faoliyatini alohida o'rganib chiqish talab etilgan o'n mingdan ziyod maktubni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining portali orqali qabul qilib oldi. Aynan mana shu so'rovlarga asosan 2018 yilning 15 yanvar kuni Samvel Babayanga nisbatan O'zbekiston futbol associaciyasi ish ochdi hamda mazkur ish yakuniga qadar O'FA Ijroqo'mi murabbiyni futboldan chetlatdi.

Samvel Babayan futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirildi


O'rganishlar Samvel Babayan milliy terma jamoadan o'z manfaatlari yo'lida foydalangandi degan xulosaga olib keldi. SHuning o'ziyoq uning uchun terma jamoalar eshiklarini yopish uchun etarli bo'ldi. Biroq keyinchalik O'FA Ijroqo'miga "Bunyodkor" futbol klubi nomidan bildirgi taqdim etilib, Babayandan diskvalifikaciyani olib tashlash so'ralgan.

"Bunyodkor" futbol klubi S.Babayanga shaxsiy kafil bo'lish tashabbusini bildiradi va unga qo'llanilgan intizomiy chorani engillashtirishni so'raydi. Zero, so'nggi vaqtlarda davlat rahbarining shaxsan o'zi bilib-bilmay aybli qilmish qilgan va o'z aybidan chuqur pushaymon bo'lgan shaxslarni avf etmoqda. O'z navbatida aybini tan olgan va uni yuvish uchun mehnat qilishga tayyor turgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik principini qo'llagan holda yordam qo'lini cho'zish zarur deb hisoblaymiz", — deyiladi  yozilgan bildirgida.

O'FA Ijroqo'mi azolari mazkur xatni bir ovozdan yoqladi. SHu tariqa O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan ochilgan ish 2018 yilning 1 fevral kuni yopildi hamda Samvel Babayanning diskvalifikaciyasi bekor qilindi.

Samvel Babayan termada faoliyat olib borgan davrda yo'l qo'yilgan kamchiliklar, uning termaga bosh murabbiy etib tayinlanishi borasidagi qarorning uzviy davomidir. Bu holat O'zbekiston futbol associaciyasiga xulosa o'rnida xizmat qilib, milliy terma jamoa bosh murabbiyi javob berishi kerak bo'lgan aniq talablar ishlab chiqilishi vazifa sifatida O'FA Terma jamoalar bo'limiga topshirildi. Unga ko'ra, milliy terma jamoani keyingi o'rinlarda Evropa va Lotin Amerikasi futboli bilan yaxshi tanish bo'lgan, ulardagi ustun jihatlarni o'zbekistonlik futbolchilarga o'rgata olish salohiyatiga ega bo'lgan, shuningdek, faoliyati davomida ko'zga ko'rinarli yutuqlarni qo'lga kiritgan mutaxassis boshqarishi kerak edi. O'FA shundan kelib chiqqan holda milliy terma jamoaga taniqlik argentinalik mutaxassis Ektor Kuperni olib keldi.

O'FA bundan buyon Samvel Babayan O'zbekistonning hech qaysi terma jamoasida faoliyat yuritishiga yo'l qo'ymaydi. Qo'shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan "Lokomotiv" futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko'rsatmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing