12 apr 20:55
Yangiliklar
Futbol
Eshitdik-da! Samvel Babayan istefoga chiqdi
O'zbekiston Superligasining 7-turidan o'rin olgan "Andijon" hamda OKMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng andijonliklar ustozi Samvel Babayan o'z lavozimini tark etdi.
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
"Andijon" klubi bosh murabbiyi OKMKga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida o'z lavozimini tark etishini malum qildi.
Malumot uchun, joriy 2026 yilgi mavsumda "Andijon" jamoasi Samvel Babayan qo'l ostida Superligada jami 7 ta uchrashuv o'tkazib, shularning 5 tasida mag'lubiyatga uchradi va faqatgina 2 ta o'yinda g'alaba qozondi. SHuningdek, OCHL doirasida “Al Ahli” klubiga imkoniyatni boy bergan.
Qayd etish joizki, yil avvalida viloyat hokimi tomonidan "Andijon" jamoasi oldiga Superligada kamida uchinchi o'rinni egallash vazifasi qo'yilgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar