So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

08 apr 16:39
Yangiliklar

Futbol

PFL "Andijon" - "Navbahor" o'yinidagi holatlar yuzasidan etiroz bildirdi: Samvel Babayan reglamentni buzganlikda ayblanmoqda

Kecha, 7 aprel kuni Superliga 6-turi doirasidagi "Andijon" – "Navbahor" (0:1) uchrashuvida yuz bergan holatlar PFL etiborini tortdi.

Liga o'yin davomida qoidalar va reglament bandlari buzilganini qayd etdi.

Hakamlarning loqaydligi

Liga uchrashuv rasmiylaridan bo'lgan voqealar bo'yicha bildirgi kutgan edi. Biroq, komissarni hisobga olmaganda, na bosh hakam va na to'rtinchi hakam mezbonlar zaxira o'rindig'idagi holatlarni tartibga solish bo'yicha malumot kiritmagan. Faqatgina 55-daqiqada "Andijon" ustozi Samvel Babayanga etirozi uchun sariq kartochka ko'rsatilgan, xolos.

Samvel Babayanning xatti-harakatlari

Takidlanishicha, "Andijon" bosh murabbiyi texnik zona bilan bog'liq qoidalarga bepisand munosabatda bo'lgan. Babayan belgilangan chegaralarni bir necha bor kesib o'tgan va hakam qarorlariga etiroz sifatida to'pni maydonga uloqtirgan. Bu esa Tartib-intizom qo'mitasining avvalgi qarorlariga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholanmoqda. Murabbiyning bu harakatlari futbolchilarga ham tasir qilib, maydonda asabiy holatlarni yuzaga keltirgan.

Hakamlik bo'yicha tushuntirish talab qilinadi

Liga O'zbekiston futbol hakamlari markazidan ushbu uchrashuv hakamligi bo'yicha rasmiy tushuntirish talab qiladi. PFL fikricha, bosh hakam va zaxira hakami ayrim vaziyatlarda boshqaruvni qo'ldan chiqargan va holatni tartibga solish uchun jiddiy amaliy harakatlar qilmagan.

Yakuniy xulosa

O'yinda hakamlar natijaga tasir qiluvchi qo'pol xatolarga yo'l qo'ymagan bo'lsa-da, yuqoridagi voqealar o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkin edi. Liga uchun barcha murabbiylar maqomi teng va qoidalarga amal qilish ustuvor vazifa ekanligi yana bir bor eslatib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing