So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

16 jan 10:12
Yangiliklar

Futbol

Samvel Babayan futboldan chetlatildi

Teglar :  BabayanFutbol
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan O'FF Ijroiya Qo'mitasi Byurosining 2018 yil 15 yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan umrbod chetlashtirildi.

Samvel Babayan “Paxtakor” futbol klubida faoliyat olib borgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bog'liq hujjatlarga noqonuniy o'zgartirishlar kiritgani aniqlandi. U jamoa tepasiga yangi rahbariyat kelayotganidan xabar topgach, klub bilan bitimi 2018 yil so'ngiga qadar bo'lgan futbolchilar shartnomasini 2017 yil qilib o'zgartirgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - yil so'ngida erkin agentga aylanadigan futbolchilarni xorijiy klublarga sotib, moddiy manfaat ko'rish bo'lgan.

Aynan mana shu manfaat tasirida u mamlakatning bosh jamoasini ham ko'ngildagidek boshqara olmadi hamda futbolchilarga bo'lgan noxolis munosabati sabab, terma atmosferasiga salbiy tasir ko'rsatdi. Samvel Babayan termaga nomzodlarni saralab olishda asosan o'ziga malum futbolchilar bilangina ishlagan hamda barcha klublarga teng munosabatda bo'lmagan. SHuningdek, tajribali murabbiy hamda mutaxassislarning fikr va tavsiyalarini inobatga olmagan.

O'FF Ijroqo'mi Samvel Babayanning 2018 yilgi Jahon CHempionatining saralash o'yinlari davomida tartib-intizomni yo'lga qo'ymagani, futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilmagani va ularni o'z holiga tashlab qo'ygani, ishiga masuliyatsizlarcha yondoshib, o'zbek futbolining yuzi bo'lgan milliy jamoa darajasini tushirib yuborganini ham inobatga olib, uning bu kabi noxolis faoliyati millionlar o'yini bo'lgan futbolga nisbatan xalqning noroziligiga sabab bo'ldi, deb hisoblaydi.

Malum bir futbolchilarni xorij klublariga sotish va moddiy manfaat ko'rish maqsadida, garchi ularning saviyasi talabga javob bermasa ham, doimiy ravishda muhim o'yinlarda milliy terma jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushirishni oqlash qiyin. Ayniqsa bu kabi ishlar bosh jamoa natijalariga salbiy tasir ko'rsatsa.

Bundan buyon O'zbekiston futbolidagi har bir murabbiy o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda masuliyatni chuqur anglagan holda, faoliyat yuritadigan jamoalarida tartib-intizomni yo'lga qo'yib, futbolchilarning holatini nazorat qilib borishi va natija uchun javobgarlikni his etishi talab qilinadi.

Futbol sohasidagi har bir murabbiy va mutaxassis faoliyati O'FF tomonidan asosli tarzda o'rganib chiqiladi va tegishli choralar ko'rib boriladi.

O'FF matbuot-xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
16 jan 19:14:20
КОНЪСУЛ
Баттар бўл
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing