31 may 18:28
Yangiliklar
Futbol

Sancho faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishga tayyor
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishni xohlamoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi 21 yoshli o'yinchini 90 million evroga sotishga tayyor. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchiga shuningdek, "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. Sancho o'tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 26 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar