02 fev 10:16
Yangiliklar
Futbol

Sancho rekord o'rnatdi va golini Kobi Brayantga bag'ishladi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho kechagi o'yinda kiritgan golini afsonaviy basketbolchi Kobi Brayantning xotirasiga bag'ishladi.
Sancho Germaniya Bundesligasining 20-turidan o'rin olgan "Union"ga qarshi uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi. Angliyalik xavbek uchun mazkur gol Germaniya Bundesligasidagi umumiy hisobdagi 25-chisi bo'ldi. Sancho bu bilan Bundesligada 25 golga mualliflik qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, 26 yanvar kuni 41 yoshli Kobi Brayant va uning 13 yoshli qizi Los-Anjeles yaqinidagi Kalabasas shahrida, vertolyot qulashi oqibatida halok bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar