15 fev 15:40
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Aktobeda Gabashviliga qarshi o'yin o'tkazdi
Qozog'istonning Aktobe shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqaning chorak finali doirasida hamyurtimiz Sanjar Fayziev birinchi raqam ostida saralangan rossiyalik tennischi Teymuraz Gabashviliga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 41 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski tennischimiz 6:7, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar