12 fev 16:32
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Aktobedagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Qozog'istonning Aktobe shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir boshlandi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik tennischilar ham ishtirok etishmoqda.
Bugun musobaqa doirasida Sanjar Fayziev ilk uchrashuvini o'tkazdi. Birinchi davrada tennischimizga qozog'istonlik Grigoriy Lomakin raqiblik qildi. 1 soat 11 daqiqa davom etgan o'yinda Sanjar raqibini 6:4, 6:4 hisoblarida mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Musobaqaning asosiy davrasida Humoyun Sultonov va Sergey Fomin ham ishtirok etmoqda. Saidalo Saidkarimov esa saralash bahslarida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar