22 mar 15:44
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Bahraynda chorak finalga chiqdi
Tennischimiz Sanjar Fayziev Bahrayndagi "Fyuchers" musobaqasida ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
O'zbekiston terma jamoasi azosi birinchi bosqchida shveycariyalik raqibini mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun esa unga mezbon sportchi raqiblik qildi. Yusuf Qaidga qarshi bo'lib o'tgan 1 soat 27 daqiqalik bahsda tennischimiz 6:2, 7:5 hisobida zafar quchdi va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Unga chorak finalda Marokash yoki norvegiyalik tennischilardan biri raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar