30 sen 10:30
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev CHimkentda kurashsiz finalga chiqdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bugun ushbu musobaqada finalchilar aniqlanmoqda. Turnirning uchinchi raketkasi sifatida etirof etilgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun yarim finalda rossiyalik Mixail Fufuginga qarshi kortga chiqishi lozim edi. Lekin raqib jarohati sabab kortga chiqmadi va Fayziev kurashsiz finalga yo'llanma oldi.
Yana bir tennischimiz Jo'rabek Karimov esa ayni daqiqalarda final chiptasi uchun bahs olib boryapti. Turnirning ettinchi raketkasi bo'lgan Jo'rabek musobaqada beshinchi raqam ostida harakat qilayotgan estoniyalik Vladimir Ivanovga qarshi kortga chiqqan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar