07 dek 07:55
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/6450_220.jpg)
Sanjar Fayziev Dohadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham o'z imkoniiyatini sinovdan o'tkazyapti. Terma jamoamiz azosi turnirning to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda.
Hamyurtimiz ilk davrada italiyalik Mirko Kutiliga qarshi kortga chiqdi. Kutili saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma olgandi. Uchrashuvda Fayziev 7:5, 7:6(4) hisobida g'alaba qozondi.
Sanjarning ikkinchi davradagi raqibi Sezar Testoni bo'ladi. Dunyo reytingida 1192-o'rinni egallab turgan franciyalik bu tennischi birinchi bosqichda qatarlik Abdulloh Alxarrassini 6:3, 6:4 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar