08 dek 08:50
Yangiliklar
Tennis
Sanjar Fayziev Dohadagi turnirda chorak finalga chiqdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqada Sanjar Fayziev ham muvaffaqiyatli odimlyapti. Terma jamoamiz azosi turnirning to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda.
Hamyurtimiz ilk davrada italiyalik Mirko Kutilini 7:5, 7:6(4) hisobida mag'lub etgan edi. Kecha Sanjar ikkinchi davrada franciyalik Sezar Testodan 7:5, 6:2 hisobida ustun keldi.
Fayziev bugun o'tkaziladigan chorak final uchrashuvida Mettyu Royga qarshi kortga chiqadi. Franciyalik bu tennis asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar