09 dek 08:15
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Dohadagi yurishini to'xtatdi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqada Sanjar Fayziev to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgan edi.
Afsuski, hamyurtimiz chorak final uchrashuvini oxiriga etkaza olmadi. Fayziev franciyalik Mettyu Royga qarshi kechgan uchrashuvning oltinchi geymidan so'ng bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Birinchi setning so'nggi geymi oldidan Roy 5:1 hisobida oldinda borayotgandi. Sanjarning jarohati sabab Mettyu osonlik bilan yarim finalga chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar