07 okt 14:01
Yangiliklar
Tennis
Sanjar Fayziev kutilmaganda musobaqaning ikkinchi raketkasini mag'lub etdi
CHexiyaning Praga shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa o'tkazilmoqda.
Musobaqada qatnashayotgan tennischimiz Sanjar Fayziev kecha turnirning ikkinchi raqamli tennischisi hisoblangan germaniyalik Rudolf Mollekerga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 31 daqiqa davom etgan o'yinda Sanjar kutilmaganda 7:5, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun Sanjar ayni paytda jahon reytingida 565, Molleker esa 377 o'rinni egallab turibdi.
Bugun musobaqa doirasida Sanjar chexiyalik Filip Dudaga qarshi, Humoyun Sultonov esa boshqa bir chexiyalik Andryu Paulsonga qarshi kortga chiqadi.
SHuningdek Sanjar va Humoyun bugun juftlik bahslarida chexiyalik tennischilar tandemiga qarshi o'yin o'tkazishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar