10 fev 17:53
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Sanjar Fayziev Misr turniri chorak finaliga chiqdi
Misrda tennis bo'yicha ITF tasnifiga kiruvchi turnir davom etmoqda. 
			Biroz oldin tennischimiz Sanjar Fayziev musobaqaning 1/8 finalida franciyalik Amauri Raynelga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan uchrashuvda Fayziev raqibini 7/5, 7/6 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi.
Fayzievning 1/4 finaldagi raqibi turnirda birinchi raqam ostida saralangan chexiyalik Lukash Rosol bo'ladi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsportcom
            
			
Fikrlar