27 may 15:02
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/167190_220.jpg)
Sanjar Fayziev Qozog'istonda chorak finalga chiqdi
SHu kunlarda Qozog'istonning CHimkent shahrida ITF tasnifiga kiruvchi “M15 Shymkent” turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham ishtirok etmoqda.
Kecha Sanjar Fayziev turnirning 1/16 final bosqichi doirasida qozog'istonlik Beybit Jukaevga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan uchrashuvda Fayziev mezbonlar vakilini 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Bugun esa u 1/8 final doirasida rossiyalik Pavel Verbinga qarshi o'yin o'tkazdi va 6:0, 6:2 hisoblarida g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar