26 jan 19:19
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Qozonda finalga chiqdi
Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir o'tkazilmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun yarim finalda mezbon tennischi Evgeniy Tiurnevga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 50 daqiqa davom etgan o'yinda Sanjar raqibini 6:3, 7:6, 6:7 hisoblarida mag'lub etdi va musobaqa finaliga yo'l oldi.
Endi u turnir g'olibligi uchun boshqa bir rossiyalik tennischi Teymuraz Gabashviliga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar