27 jan 17:30
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Qozondagi turniri chempioniga aylandi
Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida erkaklar o'rtasida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir nihoyasiga etdi.
Musobaqaning hal qiluvchi o'yinida hamyurtimiz Sanjar Fayziev mezbon tennischi Teymuraz Gabashviliga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 12 daqiqa davom etgan o'yinda Sanjar raqibini 6:3, 7:5 hisoblarida mag'lub etdi va turnir g'olibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar